Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat dilim.studio xizmatidan foydalanganda qanday ma’lumotlar yig‘ilishi va qanday ishlatilishini tushuntiradi.
Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz
Ism, telefon raqam, ixtiyoriy Telegram/Instagram username, video g‘oyasi, yuklangan rasmlar va to‘lov deklaratsiyasi (yuboruvchi ismi, karta raqamining oxirgi 4 raqami, summa, vaqt, ixtiyoriy chek).
Nimani so‘ramaymiz
Biz hech qachon to‘liq karta raqamingiz, PIN, CVV yoki bank parolingizni so‘ramaymiz va saqlamaymiz.
Saqlash va kirish
Fayllar yopiq xotirada saqlanadi. Ularga faqat administrator va buyurtmangizga tayinlangan ijodkor qisqa muddatli xavfsiz havolalar orqali kira oladi.
Foydalanish maqsadi
Ma’lumotlar faqat buyurtmangizni bajarish, to‘lovni tekshirish va siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.
O‘chirish
Ma’lumotlaringizni o‘chirish uchun Instagram orqali murojaat qiling.